To`RTINCHI Bo`LIM
 
MA`MURIY-HUDUDIY VA DAVLAT
TUZILISHI
 
XVI bob
 
O`zbekiston Respublikasining
ma`muriy-Hududiy tuzilishi
 
68-modda. O`zbekiston Respublikasi viloyatlar, tumanlar, shaharlar, shaharchalar, qishloqlar, ovullar, shuningdek Qoraqalpogiston Respublikasidan iborat.


69-modda. Qoraqalpog`iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahrining chegaralarini o`zgartirish, shuningdek viloyatlar, shaharlar, tumanlar tashkil qilish va ularni tugatish O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining roziligi bilan amalga oshiriladi.
 
XVII bob
 
Qoraqalpog`iston Respublikasi
 
70-modda. Suveren Qoraqalpog`iston Respublikasi O`zbekiston Respublikasi tarkibiga kiradi.
Qoraqalpog`iston Respublikasining suvereniteti O`zbekiston Respublikasi tomonidan muhofaza etiladi.


71-modda. Qoraqalpog`iston Respublikasi o`z Konstitutsiyasiga ega. 
Qoraqalpog`iston Respublikasining Konstitutsiyasi O`zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga zid bo`lishi mumkin emas. 


72-modda. O`zbekiston Respublikasi qonunlari Qoraqalpog`iston Respublikasi hududida ham majburiydir.


73-modda. Qoraqalpog`iston Respublikasining hududi va chegaralari uning roziligisiz o`zgartirilishi mumkin emas. Qoraqalpog`iston Respublikasi o`z mamuriy-hududiy tuzilishi masalalarini mustaqil hal qiladi.


74-modda. Qoraqalpog`iston Respublikasi O`zbekiston Respublikasi tarkibidan Qoraqalpog`iston Respublikasi xalqining umumiy referendumi asosida ajralib chiqish huquqiga ega.


75-modda. O`zbekiston Respublikasi bilan Qoraqalpog`iston Respublikasining o`zaro munosabatlari O`zbekiston Respublikasi va Qoraqalpog`iston Respublikasi o`rtasida O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi doirasida tuzilgan shartnomalar hamda bitimlar bilan tartibga solinadi.
O`zbekiston Respublikasi va Qoraqalpog`iston Respublikasi o`rtasidagi nizolar murosaga keltiruvchi vositalar yordamida hal etilad
